JASET

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT VOSITALARI ORQALI O‘QUVCHILARNING MA’NAVIY-AXLOQIY FAZILATLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Authors

  • Sayddakbarova Gullola

    Farg'ona davlat unversiteti mustaqil izlanuvchisi
    Author

Keywords:

tasviriy san’at, ma’naviy-axloqiy tarbiya, o‘quvchi shaxsi, badiiy ta’lim, estetik did, axloqiy fazilatlar, empatiya, ijodkorlik, vatanparvarlik.

Abstract

Mazkur tezisimizda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at vositalaridan samarali foydalanish tadbiq etiladi.Bu orqali o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish metodikasi yoritilgan. Tadqiqotimda tasviriy san’atning o‘quvchilar dunyoqarashi, estetik didi, hissiy munosabati va axloqiy qarashlarini rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xususan, rangtasvir, grafika, amaliy-bezak san’ati, milliy naqshlar, portret, manzara hamda ma’naviy-axloqiy mazmundagi badiiy asarlardan ta’lim jarayonida foydalanishning tarbiyaviy ahamiyatiga e’tibor qaratiladi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlarini suhbat, kuzatish, badiiy asarni tahlil qilish, muammoli vaziyat, ijodiy topshiriq va jamoaviy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish orqali o‘quvchilarda insonparvarlik, mehr-oqibat, vatanparvarlik, hurmat, mas’uliyat, halollik, bag‘rikenglik va go‘zallikni qadrlash kabi fazilatlarni rivojlantirish imkoniyatlari asoslanadi. Tezisimda tasviriy san’at va ma’naviy-axloqiy tarbiyaning uzviy integratsiyasi o‘quvchi shaxsining har tomonlama kamol topishiga xizmat qiluvchi samarali pedagogik yo‘nalish sifatida talqin etiladi.

Downloads

Published

2026-09-22