O’ZBEKISTONDA ZAMONAVIY TADBIRKOR AYOLNING GENDER IDENTIVLIGI VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK DETERMINANTLARI
Keywords:
Gender identiklik, ayollar tadbirkorligi, ijtimoiy-psixologik determinantlar, rollar konflikti, androginlik.Emotsional intellekt, gender stereotiplari, transformatsion liderlik, oila va biznes muvozanati, ijtimoiy moslashuvchanlik.Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va gender tengligi siyosati sharoitida tadbirkor ayollarning gender identivligi namoyon bo’lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritib berilgan. Tadqiqotda milliy mentalitet, an’anaviy rol kutilmalari va zamonaviy biznes talablari o’rtasidagi o’zaro ta'sir hamda kolliziyalar (to'qnashuvlar) tahlil qilinadi. Shuningdek, ayol tadbirkorlar shaxsida androgin gender identikligining shakllanishi, rollar konflikti (work-life conflict), emotsional toliqish hamda ularning ruhiy barqarorligini belgilovchi mikromuhit (oila), sotsium va emotsional intellekt kabi ijtimoiy-psixologik determinantlar nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan.
Downloads
Published
2026-09-21
Issue
Section
Articles