TOSHKENT SHAROITIDA AVTOTURARGOHLAR TURINI TANLASHDA IQLIM VA XAVFSIZLIK OMILLARINI HISOBGA OLISH
Keywords:
iqlimiy omil, avtoturargoh turi, yerosti avtoturargohi, ochiq avtoturargoh, ventilyatsiya, yong‘in xavfsizligi, rejalashtirish yechimi, tanlash mezonlari, Toshkent.Abstract
Maqolada Toshkent shahri turar-joy hududlari uchun avtoturargoh turini tanlashda iqlimiy va xavfsizlik omillarini kompleks hisobga olish masalasi ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, amaldagi shaharsozlik normalarini tizimlashtirish va ko‘p mezonli baholash usullaridan foydalanilgan. Toshkentning 2023-yilgi o‘rtacha oylik harorat ko‘rsatkichlari asosida ochiq, yopiq yerusti, yerosti va mexanizatsiyalashgan avtoturargohlarning ekspluatatsion xususiyatlari baholangan. Yer resursi, iqlimga moslashuv, ventilyatsiya, yong‘in va transport xavfsizligi, muhandislik murakkabligi hamda ekspluatatsiya xarajatlarini qamrab oluvchi tanlash mezonlari matritsasi ishlab chiqilgan. Natijalar zich qurilgan hududlarda yerosti va ko‘p sathli yechimlar yer maydonidan samarali foydalanishni ta’minlashini, biroq ventilyatsiya va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha kuchaytirilgan talablarni yuzaga keltirishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan algoritm loyihaoldi bosqichida variantlarni asosli qiyoslash va maqbul avtoturargoh turini tanlash imkonini beradi.