IX–XIV ASRLARDA SHIMOLIY XORAZM HUDUDINING TARIXIY TOPOGRAFIK TUZILISHI VA SHAHARSOZLIK TARAQQIYOTI
Keywords:
Shimoliy Xorazm, tarixiy topografiya, shaharsozlik, Amudaryo, Gurganj, Kat, Xiva, qal’a, sug‘orish tizimi, savdo yo‘llari, arxeologiya, o‘rta asrlar.Abstract
Mazkur tezisda IX–XIV asrlarda Shimoliy Xorazm hududining tarixiy-topografik tuzilishi, tabiiy-geografik sharoiti, aholi manzilgohlarining joylashuvi va shaharsozlik taraqqiyoti masalalari yoritiladi. Tadqiqotda Amudaryoning quyi oqimi, sug‘orish tizimlari, qadimgi shaharlar, qal’a va qo‘rg‘onlarning hududiy joylashuvi hamda ularning o‘zaro aloqalari tahlil qilinadi. Shuningdek, Kat, Gurganj, Xiva va boshqa yirik manzilgohlarning rivojlanishida suv resurslari, savdo yo‘llari va siyosiy jarayonlarning o‘rni ko‘rib chiqiladi. IX–XIV asrlar davomida Shimoliy Xorazm shaharsozligida yuz bergan o‘zgarishlar arxeologik va yozma manbalar asosida tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari hududning o‘rta asrlar davridagi tarixiy-geografik qiyofasini hamda shahar madaniyatining shakllanish jarayonlarini tushunishga xizmat qiladi.