JASET

MUMTOZ ADABIYOTLARNI TADQIQ QILISHDA ZAMONAVIY LUG'ATLARNING O'RNI

Authors

  • Abduraximova Muxlisa

    Author

Keywords:

mumtoz adabiyot, mumtoz asarlar, zamonaviy lug‘at, izohli lug‘at, elektron lug‘at, Alisher Navoiy, mumtoz leksika, morfologik tahlil, so‘z ma’nosi, o‘zak va affiks, raqamli filologiya, milliy til korpusi

Abstract

Ushbu tezisimda mumtoz adabiy merosni tadqiq etish jarayonida zamonaviy lug‘atlarning ilmiy-amaliy ahamiyati yoritiladi. Mumtoz asarlarda uchraydigan tarixiy, arxaik, ko‘p ma’noli hamda mazmuni zamonaviy kitobxon uchun murakkab bo‘lgan so‘zlarni anglashda izohli lug‘atlarning imkoniyatlari tahlil qilinadi. Xususan, Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati misolida mumtoz matnlardagi leksik birliklarning ma’nosi va qo‘llanish xususiyatlarini aniqlash masalalariga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, elektron lug‘atlar, morfologik tahlil modellari va dasturiy vositalardan foydalanish mumtoz matnlarni chuqur o‘rganish, so‘zlarni o‘zak va affikslarga ajratish hamda ularning grammatik xususiyatlarini belgilash imkonini berishi asoslanadi. Tadqiqotimda zamonaviy lug‘atlarning milliy til korpusini shakllantirish va mumtoz manbalarni raqamli muhitda tadqiq qilishdagi o‘rni ham ko‘rsatib beriladi.

Downloads

Published

2026-09-12