JASET

O‘SIMLIKKHO‘R BALIQLARNING BIOLOGIK VA XO‘JALIK AHAMIYATI

Authors

  • O‘rinova Charos Erkinovna

    Navoiy Davlat Univarsiteti Biologiya ta’lim yo’nalishi 2-kurs magistranti Urinovacharos894@gmail.com
    Author
  • R.B.Hakimova

    Ilmiy rahbar: Nаvоiy dаvlаt universiteti dotsenti,b.f.f.d.(PhD)
    Author

Keywords:

O‘simlikxo‘r baliqlar, biologik ahamiyat, xo‘jalik ahamiyati, baliqchilik, oziqlanish biologiyasi, suv ekotizimi, suv o‘simliklari, baliq mahsuldorligi.

Abstract

Biz ushbu tezisda o‘simlikxo‘r baliqlarning biologik va xo‘jalik ahamiyatini tahlil qilib chiqamiz. Va u orqali ularning suv ekotizimlaridagi o‘rni, oziqlanish xususiyatlari hamda baliqchilik xo‘jaligidagi ahamiyatini ochib berish maqsad qilingan. Tadqiqotda o‘simlikxo‘r baliqlarning oziqlanish biologiyasi, o‘sish va rivojlanish xususiyatlari, suv havzalaridagi ekologik vazifalari hamda ulardan xo‘jalikda foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. O‘simlikxo‘r baliqlar suv o‘simliklarining haddan tashqari ko‘payishini cheklash, tabiiy oziqa resurslaridan samarali foydalanish va baliq mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada, ularni yetishtirish suv ekotizimlarining barqarorligini ta’minlash va baliqchilik xo‘jaligini rivojlantirishda muhim yo‘nalishlardan biri ekanligi ko‘rsatib beriladi.

Downloads

Published

2026-09-11