TRANSPORT OQIMLARI ShOVQININING KO‘P QAVATLI TURAR-JOY BINOLARI AHOLISI SALOMATLIGIGA TAʻSIRI VA UNI KAMAYTIRISh YO‘LLARI
Keywords:
transport shovqini, akustik muhit, ko‘p qavatli uylar, shovqin darajasi, Testo 816-3, akustik ekran, sanitariya meʻyorlari.Abstract
Ushbu maqolada shoh ko‘chalar va jamoat transporti bekatlariga yaqin joylashgan ko‘p qavatli turar-joy binolarida transport oqimlari taʻsirida yuzaga keladigan shovqin muammosi tahlil qilingan. Transport shovqinining inson salomatligiga, mehnat qobiliyatiga, uyqu sifatiga hamda psixologik holatiga taʻsiri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida Sergeli tumanida joylashgan 6 ta nazorat nuqtasida Testo 816-3 shovqin o‘lchagichi yordamida o‘lchash ishlari amalga oshirilgan. Natijalarga ko‘ra, shovqinning o‘rtacha darajasi 64,9 dBA ni tashkil etgan bo‘lib, bu amaldagi sanitariya meʻyorlaridan yuqori ekanligi aniqlangan. Muammoni bartaraf etish maqsadida ko‘kalamzorlashtirish, shovqindan himoya qiluvchi ekranlar va innovatsion muhandislik yechimlarini qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.