JASET

SANOAT CHIQINDILARINI IKKILAMCHI RESURS SIFATIDA QAYTA ISHLASH ORQALI NOORGANIK PIGMENTLAR SINTEZI VA QO'LLANILISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Hazratova Dilshoda Azamovna

    Buxoro davlat universiteti dotsenti
    Author
  • Mardonov O’ktam Mardonovich

    Buxoro davlat universiteti professori
    Author
  • Ahmedova Saboxat Axmedovna

    Buxoro davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi
    Author

Keywords:

sanoat chiqindisi, temir(III) oksidi, noorganik pigment, IQ-spektroskopiya, termik ishlov, gematit

Abstract

Sanoat korxonalari (xususan, Gazni qayta ishlash zavodi — GGQIZ) issiqlik almashtirgich quvurlarida hosil bo'ladigan temir saqlovchi mineral-oksidli chiqindilarning tarkibi va termik ishlov (400–850 °C) jarayonida kechadigan fazaviy o'zgarishlari infraqizil spektroskopiya (IQ) yordamida o'rganildi. IQ-spektrlarida Fe–O panjara tebranishlariga xos yutilish chiziqlarining harorat ortishi bilan tartiblanishi gematit fazasining shakllanishini tasdiqladi. Olingan natijalar GGQIZ sanoat chiqindisini resurs tejamkor va ekologik xavfsiz noorganik pigment ishlab chiqarish uchun istiqbolli ikkilamchi xomashyo sifatida qo'llash mumkinligini ko'rsatadi. Bunday pigmentlar qurilish materiallari, bo'yoq-lak mahsulotlari va dekorativ arxitektura elementlarini bo'yashda qo'llanilishi mumkin.

Downloads

Published

2026-09-04