JASET

TURLI POPULYATSIYALARDA STOMATOLOGIK STATUSNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: ILMIY ADABIYOTLAR TAHLILI

Authors

  • Taxirova Munisa Alisher qizi

    Talaba munisatahirova0@gmil.com
    Author

Keywords:

stomatologik status, professional sportchilar, homilador ayollar, keksa yoshdagilar, kariyes, parodont kasalliklari, og'iz bo'shlig'i gigiyenasi, profilaktika, xavf omillari, adabiyotlar tahlili.

Abstract

Mazkur maqolada turli populyatsiyalarda, xususan professional sportchilar, homilador ayollar va keksa yoshdagi shaxslarda stomatologik statusning o'ziga xos xususiyatlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Adabiyotlar sharhi natijasida ushbu populyatsiyalarda kariyes, parodont kasalliklari, og'iz bo'shlig'i gigiyenasi holati hamda stomatologik kasalliklarning rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy xavf omillari qiyosiy baholandi. Tahlil natijalari professional sportchilarda intensiv jismoniy yuklamalar, suvsizlanish va travmalar, homilador ayollarda gormonal o'zgarishlar hamda og'iz mikrobiotasidagi siljishlar, keksa yoshdagi shaxslarda esa involyutsion o'zgarishlar, surunkali somatik kasalliklar va polifarmatsiya stomatologik statusning yomonlashishiga sabab bo'lishini ko'rsatdi. Shu bilan birga, barcha populyatsiyalar uchun og'iz bo'shlig'i gigiyenasining yetarli darajada saqlanmasligi va muntazam stomatologik profilaktikaning yetishmasligi umumiy xavf omili ekanligi aniqlandi. Olingan natijalar stomatologik kasalliklarning oldini olishda populyatsiyaning fiziologik va klinik xususiyatlarini hisobga olgan holda individual profilaktik dasturlarni ishlab chiqish zarurligini asoslaydi.

Downloads

Published

2026-09-03