JASET

O‘ZBEKISTON MAISHIY XIZMAT SOHASIGA BOZOR IQTISODIYOTINING TA’SIRI

Authors

  • O‘taganov Fazliddin Isroil o‘g‘li

    Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, tadqiqotchi Е-mail: utaganov.fazliddin86@gmail.com
    Author

Keywords:

maishiy xizmatlar, xizmatlar sohasi, xizmatlar bozori, aholi turmush darajasi, bandlik, tadbirkorlik, aholi farovonligi, xizmatlar sifati, hududiy rivojlanish,

Abstract

Ushbu maqolada aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tarmog‘ining zamonaviy iqtisodiyotdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va uni rivojlantirish zarurati tadqiq etilgan. Globallashuv, raqobat muhitining kuchayishi, aholining moddiy farovonligi va ehtiyojlarining ortib borishi sharoitida maishiy xizmatlarning aholi turmush darajasi, bandlik va bo‘sh vaqt resurslaridan samarali foydalanishga ta’siri tahlil qilingan. Maishiy xizmatlarning mazmun-mohiyati, asosiy funksiyalari hamda xizmatlar bozoridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda maishiy xizmat ko‘rsatish faoliyatining rivojlanishini tartibga soluvchi institutsional va me’yoriy-huquqiy asoslar ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari maishiy xizmatlar tarmog‘ini rivojlantirish aholi farovonligini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish hamda hududlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashning muhim omillaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.

Downloads

Published

2026-08-20