REFLEKSIV TOPSHIRIQLAR VA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH VOSITALARI ORQALI BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARINING KASBIY NUTQINI RIVOJLANTIRISH
Keywords:
refleksiv topshiriq, o‘z-o‘zini baholash, peer feedback, video-refleksiya, kasbiy nutq, kommunikativ faollik, refleksiv kompetensiya.Abstract
Ushbu tezisda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishda refleksiv topshiriqlar va o‘z-o‘zini baholash texnologiyalarining imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida diagnostika, refleksiv topshiriqlar, o‘z-o‘zini baholash, peer feedback, video-refleksiya, takroriy nutqiy faoliyat va yakuniy baholashdan iborat metodik ketma-ketlik taklif etiladi. Bunday tizim talabalarning nafaqat nutqiy xatolarini aniqlash, balki ularning sabablarini anglash, kommunikativ strategiyalarni tanlash va kasbiy vaziyatlarda nutqdan maqsadga muvofiq foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot natijalari refleksiv metodik tizim an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan kasbiy nutq, kommunikativ faollik va refleksiv kompetensiyani rivojlantirishda samaraliroq ekanligini ko‘rsatadi.