O‘ZBEKISTONDA EKOTURIZIMNI RIVOJLANTIRISHNING GEOGRAFIK OMILLARI
Keywords:
ekoturizm, barqaror rivojlanish, geografik omillar, tabiiy resurslar, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlar, biologik xilma-xillik, ekologik turizm, milliy bogʻlar, geografiya.Abstract
Mazkur tezisda Oʻzbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning tabiiy-geografik, ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy omillari kompleks tahlil qilingan. Mamlakatning boy tabiiy resurslari, togʻ tizimlari, choʻl va vodiy landshaftlari, qoʻriqlanadigan tabiiy hududlari hamda biologik xilma-xilligi ekoturizmni rivojlantirishning muhim geografik asosi sifatida baholangan. Shuningdek, ekoturizmning tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish, mahalliy aholining bandligini taʼminlash, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va ekologik madaniyatni yuksaltirishdagi oʻrni yoritilgan. Tezisda Oʻzbekistonda ekoturizmni yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda barqaror turizmni tashkil etish boʻyicha ilmiy taklif va tavsiyalar keltirilgan.