JASET

eSIM INTEGRATSIYASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN PROTOKOLLAR VA METODLAR TAQQOSLANISHI

Authors

  • Alishev Sh.A.

    Sambhram universiteti Axborot texnologiyalari muhandisligi kafedra mudiri
    Author
  • Quvandiqov S.

    Sambhram universiteti Axborot texnologiyalari fanlari magistranti
    Author

Keywords:

eSIM, embedded SIM, RSP protokoli, SGP standartlari, ES interfeyslari, SM-DP+, SM-SR, eUICC, LPA, Push modeli, Pull modeli, Hybrid yondashuv, IoT, 5G, AI/ML, Blockchain, xavfsizlik, masofaviy SIM boshqaruvi, integratsiya samaradorligi, mobil aloqa texnologiyalari.

Abstract

Ushbu maqolada eSIM (embedded SIM) texnologiyasining mohiyati va uning mobil aloqa sohasida an’anaviy SIM-kartalarni almashtiruvchi innovatsion yechim sifatidagi ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda eSIM integratsiyasida qo‘llaniladigan asosiy protokollar — RSP, SGP va ES oilalari hamda Push, Pull va Hybrid integratsiya modellari tahlil qilinadi. Har bir yondashuvning afzalliklari va cheklovlari qiyoslab ko‘rsatiladi, shuningdek samaradorlikni oshirish strategiyalari (keshirlash, parallel yuklash, xavfsizlikni optimallashtirish, API integratsiyasi) ishlab chiqilgan. Amaliy jihatdan to‘g‘ri protokolni tanlashda maqsadli bozor, qurilma turlari, xavfsizlik talablari va mavjud infratuzilmaning roli ochib berilgan. Bundan tashqari, eSIM ekotizimida doimiy monitoring, optimallashtirish va xavfsizlikni ta’minlashning muhimligi asoslab berilgan. Kelajak istiqbollari sifatida eSIMning 5G, IoT, AI/ML va Blockchain texnologiyalari bilan integratsiyasi muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari eSIM texnologiyasini joriy etish va rivojlantirishda samarali strategiya ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2025-11-20