JOHILIYAT DAVRI ARAB SHE’RIYATIDA AYOL OBRAZI VA UNING IJTIMOIY-ESTETIK TABIATI (IMRUUL QAYS VA ANTARA IBN SHADDOD IJODI MISOLIDA)
Keywords:
johiliyat davri, arab she’riyati, Muallaqot, Imruul Qays, Antara ibn Shaddod, ayol obrazi, badiiy obraz, estetik ideal, ijtimoiy qadriyat, arab adabiyoti.Abstract
Mazkur tadqiqotda johiliyat davri arab she’riyatida ayol obrazining badiiy talqini, uning ijtimoiy va estetik mohiyati Imruul Qays hamda Antara ibn Shaddod ijodi misolida tahlil qilinadi. Johiliyat she’riyati arab xalqining qadimiy turmush tarzi, qabila munosabatlari, axloqiy qadriyatlari va estetik qarashlarini aks ettiruvchi muhim tarixiy-adabiy manba hisoblanadi. Ushbu davr she’riyatida ayol obrazi nafaqat muhabbat va go‘zallik timsoli, balki sadoqat, or-nomus, ilhom, qabila sha’ni va insoniy fazilatlarning ramzi sifatida ham tasvirlanadi.
Downloads
Published
2026-07-06
Issue
Section
Articles