JASET

ADABIY MANBALARNING MATNIY TADQIQI MASALASI

Authors

  • Shirinova Nargiza Nuriddin qizi

    Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2-kurs tayanch-doktoranti Email: shirinovanargiza1605@gmail.com
    Author

Keywords:

badiiy matn, tabdil, qo‘lyozma, toshbosma, tadqiq, izofa, manba, tadqiqot.

Abstract

Matn tadqiqi qo‘lyozma asarning adabiy manba sifatidagi qimmatini baholash, badiiy asar matni haqida to‘liq tasavvur paydo bo‘lishida obyektiv asos bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lyozma agar u she’rlar to‘plami bo‘ladigan bo‘lsa, matnshunos oldida ikki vazifa ko‘ndalang turadi. Birinchisi, qo‘lyozmaning tarixi va taqdirini o‘rganish, ikkinchisi esa, undagi asarning matnini tahlil qilish. Birinchi holatda matnshunos manbashunoslar kabi qo‘lyozmaning tavsifiy belgilari, tuzilishi, tadqiq obyektiga aylanguncha bo‘lgan davrdagi taqdiri, umumiy tekstologik belgilarini o‘rganadi. Ikkinchi vazifa matnshunosning bosh vazifasi bo‘lib, matn tahlilini amalga oshiradi. Bu holatda uning oldida asarning badiiy qimmatini belgilash uchun chuqur poetik tahlilni amalga oshirish, muallif g‘oyaviy dunyoqarashini ochib berish va uning badiiy mahorati darajasini belgilash vazifasi turadi. Tadqiqotchi o‘z maqsadiga erishish yo‘lida muallifning diniy, falsafiy, badiiy tafakkur olamiga kirishga majbur. Agar qo‘lyozma didaktik yoki so‘fiyona mazmundagi asar bo‘lsa, matnshunos muallif pozitsiyasini, uning o‘z davri ijtimoiy muammolariga bo‘lgan yondashuvini tadqiq etib, asarda tilga olingan voqealar, ta’limotlar talqinini obyektiv va subyektiv jihatlarini ochib beradi.

Maqolada bugungi kunda matnshunos tadqiqotchilar tomonidan amalga oshiriladigan adabiy manbalarni tadqiq qilish masalasi, bu jarayonda duch kelinadigan murakkabliklar, matn tadqiqini amalga oshirishdagi dolzarb muammolar haqida qisqacha fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Downloads

Published

2026-07-02