JASET

BOSHLANG‘ICH SINF “TARBIYA” DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING MILLIY-AXLOQIY TARBIYALANGANLIK DARAJASINI DIAGNOSTIKA QILISH MEZONLARI VA USULLARI

Authors

  • Qo‘shnazarova Nozima Maxmutjon qizi

    Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti nozima.0739@gmail.com
    Author

Keywords:

“Tarbiya” darsi, milliy qadriyat, axloqiy tarbiyalanganlik, pedagogik diagnostika, diagnostik mezon, pedagogik kuzatuv, vaziyatli topshiriq, refleksiv baholash.

Abstract

Maqolada boshlang‘ich sinf “Tarbiya” darslarida o‘quvchilarning milliy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyalanganlik darajasini pedagogik diagnostika qilishning mazmuni, mezonlari va usullari tahlil etilgan. Diagnostika jarayonida o‘quvchining qadriyat haqidagi bilimlari bilan bir qatorda, unga bo‘lgan shaxsiy munosabati, hayotiy vaziyatdagi axloqiy tanlovi, kundalik xulq-atvorida qadriyatlarning namoyon bo‘lishi va o‘z harakatlarini baholash ko‘nikmalarini o‘rganish zarurligi asoslangan. Kognitiv, qadriyatli-motivatsion, xulqiy-faoliyatli hamda refleksiv-baholovchi mezonlar mazmuni ochib berilib, ularga mos pedagogik kuzatuv, suhbat, vaziyatli va aporetik topshiriqlar, narrativ tahlil, refleksiv savollar hamda ota-onalar bilan qisqa muloqot usullaridan o‘zaro bog‘liq holda foydalanish yo‘llari ko‘rsatilgan. Taklif etilgan yondashuv diagnostika natijalarini tarbiyaviy ishlar mazmunini aniqlash va individual pedagogik ko‘makni belgilash uchun qo‘llash imkonini beradi.

Downloads

Published

2026-06-23