KOREYS TILIDA ENANTIOSEMIYA HODISASI VA UNING LEKSIK SEMANTIK TALQINI
Keywords:
koreys tili, enantiosemiya, leksik semantika, zid ma’no, polisemiya, kontekst, pragmatika, yoshlar nutqi, sleng, baholovchi ma’no.Abstract
Ushbu maqolada koreys tilida enantiosemiya hodisasi va uning leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Enantiosemiya bir leksik birlik yoki barqaror ifodaning turli kontekstlarda o‘zaro zid yoki qarama-qarshi baholovchi ma’nolarni ifodalashi bilan xarakterlanadigan murakkab semantik hodisa sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda koreys tilidagi 괜찮다, 됐다, 웃기다, 미치다, 죽이다, 장난 아니다 kabi birliklar misolida ma’no qarama-qarshiligi, kontekstga bog‘liq baholash, pragmatik ma’no almashinuvi va yoshlar nutqidagi semantik qayta talqin jarayonlari ko‘rib chiqiladi. Maqolada enantiosemiya hodisasi polisemiya, omonimiya, ironiya va pragmatik kontekst bilan bog‘liq holda yoritiladi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, koreys tilida enantiosemiya ko‘pincha so‘zning asl lug‘aviy ma’nosi bilan nutqiy vaziyatda yuzaga kelgan yangi baholovchi ma’no o‘rtasidagi ziddiyat asosida shakllanadi. Bu hodisa koreys tilining dinamik rivojlanishi, yoshlar nutqi, internet muloqoti va madaniy-pragmatik ifoda imkoniyatlari bilan uzviy bog‘liqdir.