ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA NEOLOGIZMLARNING SHAKLLANISH MANBALARI
Keywords:
neologizm, yangi so‘zlar, leksik taraqqiyot, o‘zlashma so‘zlar, so‘z yasash, zamonaviy o‘zbek tili, leksikologiya.Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek tilida neologizmlarning shakllanish manbalari, ularning paydo bo‘lish omillari va til tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Globallashuv, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlarning jadallashuvi natijasida o‘zbek tilining lug‘at tarkibi yangi birliklar bilan muntazam boyib bormoqda. Tadqiqot davomida neologizmlarning shakllanishida ichki va tashqi manbalarning o‘rni, so‘z yasash usullari hamda o‘zlashma birliklarning tilga kirib kelish xususiyatlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy o‘zbek tilidagi neologizmlarning asosiy qismi axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, ta’lim va ijtimoiy tarmoqlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular tilning kommunikativ imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilmoqda.