JASET

MAKTABGACHA TAʼLIMDA SIFATNI TAʼMINLASHNING MAʼLUMOTLARGA ASOSLANGAN DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MODELI

Authors

  • Mingboyeva Moxidil Keldiboyevna

    Andijon viloyati, Shaxrixon tumani, 21-DMTT direktori
    Author

Keywords:

maktabgacha taʼlim, davlat-xususiy sheriklik, taʼlim sifati, raqamli boshqaruv, institutsional model, sifat monitoringi, maʼlumotlarga asoslangan boshqaruv, davlat va nodavlat MTT.

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tizimida taʼlim sifatini taʼminlashda maʼlumotlarga asoslangan davlat-xususiy sheriklik modelining ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli transformatsiya sharoitida davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlik taʼlim qamrovini kengaytirish, xizmatlar sifatini oshirish, boshqaruv shaffofligini taʼminlash va bolalar uchun teng imkoniyatli rivojlantiruvchi muhit yaratishning muhim institutsional mexanizmi sifatida namoyon boʻlmoqda. Maqolada ehtiyojni aniqlash, hamkorlik subyektlarini belgilash, resurslarni rejalashtirish, taʼlim xizmatini loyihalash, metodik taʼminot, sifat monitoringi, natijalarni tahlil qilish va korreksion boshqaruv qarorlarini qabul qilish bosqichlaridan iborat integratsion model taklif etiladi. Ushbu model maktabgacha taʼlim xizmatlarini tashkil etishda davlat va xususiy sektor imkoniyatlarini uygʻunlashtirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-06-04