NANOSEMENTLAR ASOSIDAGI YACHEYKALI BETONLAR TARKIBINI TAKOMILLASHTIRISH VA QO'LLANILISHI
Keywords:
Nanosement, yacheykali beton, beton to‘ldiruvchilari, g‘ovakli to‘ldiruvchi, uyilma zichlik, g‘ovaklik, suv shimuvchanlik, issiqlik izolyatsiyasi, engil beton, beton mustahkamligi, qurilish materiallariAbstract
Ushbu maqolamda nanosementlar asosidagi yacheykali betonlar tarkibini takomillashtirish, ularning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash hamda zamonaviy qurilishda qo‘llash imkoniyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotimiz davomida beton to‘ldiruvchilarning xossalari, g‘ovakli va zich to‘ldiruvchilarning beton tarkibiga ta’siri, uyilma zichlik, g‘ovaklik, suv shimuvchanlik hamda donadorlik tarkibining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, nanosement qo‘shimchalari yordamida yacheykali betonlarning mustahkamligi, issiqlik izolyatsiyasi, chidamliligi va iqtisodiy samaradorligini oshirish usullari ko‘rib chiqilgan. Maqolada mahalliy xomashyo resurslari va sanoat chiqindilaridan foydalanish asosida energiya tejamkor, ekologik xavfsiz hamda engil qurilish materiallarini ishlab chiqarish istiqbollari bayon etilgan.