JASET

XITOY FRAZEOLOGIZMLARIDA MUQADDAS TOPONIMLAR FALSAFASI: «TOG‘» KONSEPTINING LINGVOMADANIY TAHLILI

Authors

  • Norbo'tayev Shahrux To'ra o'g'li

    Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti
    Author

Keywords:

Xitoy tili, frazeologik birliklar, toponimlar, tog‘ konsepti, chengyu, lingvomadaniyat, Tayshan, Kunlun, Lushan.

Abstract

Ushbu maqola Xitoy tilidagi frazeologik birliklar va paremiyalarda uchraydigan muqaddas tog‘ nomlarining lingvomadaniy tahliliga bag‘ishlangan. Tadqiqot markazida Tayshan (泰山), Kunlun (昆仑山) va Lushan (庐山) toponimlari ishtirokidagi chengyu (idioma) va iboralar turadi. Maqolada ushbu toponimlarning xitoy milliy dunyoqarashidagi falsafiy, diniy va estetik qadriyatlarni aks ettiruvchi kodeks sifatidagi roli ochib berilgan. Tahlil natijasida har bir tog‘ toponimi ma’lum bir konseptual maydon – barqarorlik (Tayshan), mifologik makon (Kunlun) va haqiqatni anglash (Lushan) bilan bog‘liqligi aniqlangan. Maqola Xitoy tilshunosligida toponimik frazeologizmlarni o‘rganuvchi tadqiqotchilar uchun ilmiy-metodik ahamiyatga ega.

Downloads

Published

2026-05-29