JASET

O‘ZBEKISTON VA FRANSIYA TERGOV SUDYASI INSTITUTI:TAHLIL VA TAKLIF

Authors

  • Ravshanov Davron Shavkat o‘g‘li

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti ikkinchi bosqich talabasi Elektron pochta: mrravshanov111@gmail.com (+998 91855 07 71)
    Author

Keywords:

tergov sudyasi instituti, jinoyat protsessual kodeksi, Fransiya jinoyat protsessual kodeksi, juge d’instruction, vakolat, Fransiya tajribasi.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasining jinoyat protsessual qonunchiligida muhim o‘rin tutuvchi tergov sudyasi instituti hamda Fransiya jinoyat protsessual qonunchiligining ajralmas qismi hisoblangan juge d’instruction (tergov sudyasi) instituti qiyosiy-huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ushbu institutlarning vakolatlari, jinoyat ishlarini yuritishdagi ahamiyati, huquqiy maqomi va protsessual funksiyalaridagi o‘xshash va farqli jihatlar yoritiladi. Shuningdek, Fransiya tajribasi asosida O‘zbekiston Respublikasida tergov sudyasi institutini takomillashtirishga qaratilgan ayrim takliflar ilgari suriladi va ularning amaliy ahamiyati asoslab beriladi.

Downloads

Published

2026-05-14