SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA 5G TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINI AQLLI BOSHQARISH VA RAQAMLI IQTISODIYOTDAGI O‘RNI
Keywords:
sun’iy intellekt, 5G texnologiyasi, telekommunikatsiya, aqlli tarmoq, raqamli iqtisodiyot, IoT, machine learning, avtomatlashtirish.Abstract
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) asosida 5G telekommunikatsiya tarmoqlarini aqlli boshqarish texnologiyalari va ularning raqamli iqtisodiyotdagi o‘rni tadqiq etilgan. Zamonaviy telekommunikatsiya tizimlarida tarmoq yuklamasining ortishi, qurilmalar sonining ko‘payishi hamda yuqori tezlikdagi ma’lumot almashinuviga bo‘lgan ehtiyoj tarmoqlarni avtomatlashtirilgan va intellektual boshqarishni talab qilmoqda. Maqolada 5G texnologiyasining asosiy xususiyatlari, sun’iy intellektning tarmoqlarni optimallashtirishdagi roli, aqlli boshqaruv algoritmlari hamda raqamli iqtisodiyotga ko‘rsatadigan ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda 5G va SI texnologiyalarini joriy etish istiqbollari ham ko‘rib chiqilgan.
Downloads
Published
2026-05-13
Issue
Section
Articles