JASET

JINOYAT PROTSESSUAL QONUNCHILIGIGA KIRITILGAN YANGILIKLAR

Authors

  • Matqurbanova Nargiza Davronbekovna

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabasi
    Author

Keywords:

tergov sudyasi, sud nazorati, inson huquqlari, raqamli dalillar, elektron ma’lumotlar, Jinoyat-protsessual kodeksi, ehtiyot chorasi, shaffoflik, qonuniylik.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligiga so‘nggi yillarda kiritilgan muhim o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Xususan, 2025-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shahar sudlarida tergov sudyasi institutining joriy etilishi, Jinoyat-protsessual kodeksining 311-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar hamda 2041 va 2042-moddalarning qo‘shilishi atroflicha yoritilgan. Tergov sudyasining vakolatlari kengaytirilishi orqali sudgacha bo‘lgan jarayonda shaxsning huquq va erkinliklarini mustahkam himoya qilish, tergov organlari faoliyati ustidan mustaqil sud nazoratini o‘rnatishga erishilgani ta’kidlanadi. Shuningdek, raqamli va elektron dalillarni huquqiy tartibga solish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Maqolada bu o‘zgarishlarning asosiy maqsadi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida inson huquqlarini yanada ishonchli himoya qilish va jinoyat protsessini shaffoflashtirishdan iborat ekanligi ta’kidlanadi.

Downloads

Published

2026-05-12