JASET

AVSTRIYA DIVERSIYON INSTITUTI VA O‘ZBEKISTON JINOYAT PROTSESSUAL HUQUQIDA UNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Authors

  • Ochilova Dilnura Bekzod qizi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” fakulteti 2-kurs talabasi dilnuraochilova057@gmail.com
    Author

Abstract

Ushbu maqolada Avstriya jinoyat-protsessual huquqidagi diversion institutining mazmuni, qo‘llash shartlari va protsessual oqibatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligi bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Avstriyada diversion ishni sud hukmisiz yakunlash imkonini beradigan muqobil mexanizm bo‘lib, u faqat huquqiy shartlari aniq belgilangan holatlarda qo‘llanadi. O‘zbekistonda esa ayblilik masalasini hal qilmay turib ishni tugatish, yarashuv munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish hamda javobgarlikka tortish muddatining o‘tib ketishi kabi institutlar mavjud bo‘lsa-da, ular diversionning yagona, tizimli modeli sifatida shakllanmagan. Maqolada aynan shu farqlar asosida O‘zbekiston uchun institutni takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.

Downloads

Published

2026-05-11