JASET

ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR TA’LIMIDA SURDOPEDAGOG VA SURDOTARJIMONNING ROLI VA FUNKSIONAL FARQLARI

Authors

  • Qahramonova Iroda

    Nizomiy nomidagi O’zMPU Pedagogika – psixologiya fakulteti Surdotarjimon yo’nalishi talabasi Tell: +998883153503
    Author

Keywords:

Surdopedagogika, surdotarjimon, maxsus pedagogika, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar, imo-ishora tili, daktilologiya, maxsus ta’lim, inklyuziv ta’lim, labdan o‘qish, nutq rivojlantirish, defektologiya, kar bolalar, zaif eshituvchilar, kommunikativ vositachilik, pedagogik faoliyat.

Abstract

Mazkur maqolada eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar ta’limida surdopedagog hamda surdotarjimonning o‘rni, vazifalari va ularning funksional farqlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Surdopedagogika maxsus pedagogikaning muhim tarmog‘i sifatida kar va zaif eshituvchi bolalarni o‘qitish, tarbiyalash hamda ijtimoiy hayotga moslashtirish masalalarini o‘rganadi. Maqolada surdopedagogning asosiy vazifalari — nutqni rivojlantirish, labdan o‘qishga o‘rgatish, talaffuzni shakllantirish, psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash va maxsus metodikalar asosida ta’lim berish jarayonlari yoritilgan. Shuningdek, surdotarjimonning imo-ishora tilidan og‘zaki nutqqa yoki aksincha tarjima qilishdagi ahamiyati, ta’lim jarayonidagi kommunikativ vositachi sifatidagi roli ochib berilgan. O‘zbekistonda surdopedagogika va surdotarjimonlik sohalarining shakllanish tarixi, maxsus kadrlar tayyorlash tizimi hamda zamonaviy rivojlanish bosqichlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijasida surdopedagog va surdotarjimon faoliyati bir-birini to‘ldiruvchi, biroq vazifalari va professional yo‘nalishlari jihatidan farqlanuvchi mutaxassisliklar ekanligi asoslab berilgan.

Downloads

Published

2026-05-10