XALQ OG‘ZAKI IJODIDA OT OBRAZI: MIFOLOGIK ILDIZLAR VA EPIK TALQINLAR.
Keywords:
Xalq og‘zaki ijodi, doston, ot obrazi, Boychibor, G‘irot, mifologiya, epik qahramon, sadoqat, suv ayg‘irlari.Abstract
Ushbu maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodi, xususan, qahramonlik dostonlari va ertaklarida ot obrazining tutgan o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida otning nafaqat transport vositasi, balki qahramonning sirdoshi, maslahatgo‘yi va ilohiy quvvat manbai sifatidagi xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, Alpomish dostonidagi Boychibor va Go‘rog‘li turkumidagi G‘irot obrazlari misolida otning mifologik kelib chiqishi va badiiy talqini o‘rganilgan. Maqola xalqimizning milliy qadriyatlari va otga bo‘lgan hurmati tarixiy-falsafiy jihatdan asoslab beradi.
Downloads
Published
2026-05-10
Issue
Section
Articles