JASET

PARALLEL O'TKAZGICH PLASTINALAR ORASIDAGI ELEKTROSTATIK MAYDONNI KO'ZGULI ZARYADLAR USULI BILAN TAHLIL QILISH

Authors

  • Quvondiqova N. Ruslon qizi

    O‘zbekiston Milliy universiteti 3-kurs talabasi quvondiqovanozimaxon011@gmail.com
    Author
  • Karimova Farangiz Turaqulovna

    O‘zbekiston Milliy universiteti 3-kurs talabasi parikarimova93@gmail.com
    Author
  • Xudoyberdiyeva Malika Karomat qizi

    O‘zbekiston Milliy universiteti dotsent v.b. xudoyberdiyeva94@inbox.ru
    Author

Keywords:

Elektrostatika, Ko‘zguli zaryad usuli, Nuqtaviy zaryad, Parallel plastikalar, Ekvipotensial sirt, Superpozitsiya

Abstract

Ushbu maqolada klassik elektrodinamikaning murakkab masalalaridan biri — ikki parallel o‘tkazuvchi plastinka orasida joylashgan nuqtaviy zaryadning elektrostatik maydonini tavsiflashda fundamental "ko‘zguli zaryadlar usuli"ning qo‘llanilishi tadqiq etiladi. Maqolada bitta plastinka uchun qo‘llaniladigan standart yondashuvdan farqli o‘laroq, parallel tizimlarda chegara shartlarini to‘liq qanoatlantirish uchun "asosiy" va "ikkilamchi" ko‘zguli zaryadlar zanjirini kiritish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot davomida tizimning mukammal ekvipotensial holatiga faqatgina cheksiz diskret zaryadlar qatori orqali erishish mumkinligi matematik tahlil qilingan. Mazkur yondashuv elektrostatik maydon gometriyasini aniq hisoblash va murakkab chegara masalalarini soddalashtirilgan ketma-ketliklar ko‘rinishida yechish imkonini beradi.

Downloads

Published

2026-05-10