JASET

BUXORO SHAHRI ATROF HUDUDLARINI KOMPLEKS HUDUDIY RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Authors

  • Ergashov Erkinjon Yo`ldosh o`g`li,

    Buxoro Davlat Texnika Universiteti Magistranti
    Author

Keywords:

urbanizatsiya, kompleks rivojlantirish, hududiy rejalashtirish, infratuzilma, smart city, ekologiya, transport tizimi, investitsiya, barqaror rivojlanish.

Abstract

Mazkur tezisda Buxoro shahri va unga tutash hududlarni kompleks rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Urbanizatsiya jarayonlarining jadallashuvi, aholi sonining ortishi hamda infratuzilmaga bo‘lgan talabning kuchayishi natijasida shahar atrof hududlarini samarali rejalashtirish va boshqarish muhim masalaga aylanmoqda. Tadqiqotda barqaror urbanizatsiya, “smart city” texnologiyalari, transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik muvozanatni saqlash hamda investitsion jozibadorlikni oshirish masalalari o‘rganilgan. Shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish orqali aholining turmush sifati va iqtisodiy faolligini oshirish imkoniyatlari yoritilgan.

Downloads

Published

2026-05-09