JASET

O‘ZBEKISTONDA SOLIQ YUKINI HISOBLASH USLUBIYOTI VA UNING TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI FAOLIYATIGA TA’SIRI

Authors

  • Nodirov Asadbek Tohir o‘g‘li

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti Moliya kafedrasi “Moliya” mutaxassisligi magistranti nodirovasadbek2000@gmail.com Tel.: +998900072212
    Author

Keywords:

soliq yuki, hisoblash uslubiyoti, tadbirkorlik subyektlari, samarali soliq stavkasi, fiskal siyosat, ma’muriy yuk.

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda soliq yukini hisoblashning amaldagi uslubiyoti, mavjud yondashuvlardagi muammolar va soliq yukining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ta’siri tahlil qilingan. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida hisoblangan soliq yuki bilan korxona darajasidagi real soliq bosimi o‘rtasidagi tafovutlar, nominal va samarali soliq stavkalari farqi, yashirin iqtisodiyot hamda ma’muriy xarajatlarning hisobga olinmasligi kabi uslubiy muammolar yoritilgan. “Qizilqumsement” AJning 2019–2023-yillardagi moliyaviy ko‘rsatkichlari asosida soliq islohotlarining korxona samarali soliq stavkasi, sof foydasi va rentabelligiga ijobiy ta’siri asoslab berilgan.

Downloads

Published

2026-05-07