JASET

MOLIYAVIY BARQARORLIK VA LIKVIDLIK: MAZMUN-MOHIYATI VA TIJORAT BANKLARI FAOLIYATIDA ULARNING O'ZARO TA'SIRI

Authors

  • Dadamirzayev G`ulomjon Olimjonovich

    Osiyo xalqaro universiteti magistranti
    Author

Keywords:

moliyaviy barqarorlik, likvidlik xavfi, tijorat banklari, prudensial nazorat, moliyaviy inqiroz, kapital yetarliligi, O'zbekiston bank tizimi, likvidlik ko'rsatkichlari, moliyaviy vositachilik, makroiqtisodiy barqarorlik

Abstract

Ushbu maqolada moliyaviy barqarorlik va likvidlik tushunchalarining iqtisodiy mazmun-mohiyati, ularning tijorat banklari faoliyatidagi roli hamda o'zaro bog'liqligi ilmiy nuqtai nazardan tahlil etiladi. Maqolada moliyaviy barqarorlikning makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy ko'rsatkichlari alohida ko'rib chiqilib, likvidlik xavfining kelib chiqish mexanizmlari va uni boshqarish usullari tizimli ravishda tadqiq etilgan. Shuningdek, O'zbekiston bank tizimidagi likvidlik ko'rsatkichlarining dinamikasi va ularning moliyaviy barqarorlikka ta'siri miqdoriy va sifatiy usullar yordamida o'rganilgan. Tadqiqot davomida jahon moliyaviy inqirozlari tajribasidan olingan saboqlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlarning tavsiyalari tahlil qiliniб, O'zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatlari baholangan. Maqola xulosasida moliyaviy barqarorlik va likvidlikni bir-biridan ajratgan holda boshqarish samarasiz ekanli ta'kidlanib, ularni integrallashgan prudensial nazorat tizimi doirasida birgalikda boshqarish zarurligi asoslab berilgan.

Downloads

Published

2026-05-03