JASET

HUVAYDO RUBOIYLARIDA IJODIY USUL MASALASI

Authors

  • Mannopov Islombek Sultonaliyevich

    Filologiya fanlari doktori, dotsent
    Author
  • Nabijonova Durdonaxon Abdullajon qizi

    Farg‘ona davlat universiteti 1-bosqich talabasi
    Author

Keywords:

Huvaydo, ruboiy, solik obrazi, tasavvuf, mumtoz adabiyot, devon, qofiyalanish tizimi, hazaj bahr, xosiy ruboiy, tarona ruboiy, badiiy mahorat, nido san’ati, ilohiy ishq, dunyo foniyligi, lirik qahramon, afsus motivi, malomatiy kechinamalar.

Abstract

Ushbu maqolada Xojanazar G‘oyibnazar o‘g‘li Huvaydoning badiiy mahorati tahlil qilinadi. Shuningdek, ruboiy janrining nazariy xususiyatlari — tuzilishi, qofiyalanish tizimi va vazni haqida umumiy ma’lumot berilib, Huvaydo ruboiylari misolida ularning amaliy ifodasi yoritiladi. Maqolada ruboiylarda nido san’atining faol qo‘llanishi hamda solik obrazining shakllanishida malomatiylikka xos jihatlar muhim o‘rin tutishi ko‘rsatib beriladi. Nido san’ati va malomatiy kechinmalar Huvaydoning o‘ziga xos ijodiy uslubini belgilaydi.

Downloads

Published

2026-05-03