SAID AHMADNING “JIMJITLIK”ROMANIDAGI DAVR SIYOSATIGA OID TERMINLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILIGA DOIR
Keywords:
Said Ahmad,Jimjitlik,semantik tahlili,so’z boyligi ,badiiy tafakkur,so’zlar etimologiyasiAbstract
Ushbu maqola o’zbek adabiyotining taniqli namoyandasi Said Ahmadning”Jimjitlik” romanida qo’llanilgan urushdan keyingi davr siyosati va ijtimoiy hayotiga oid terminlarning tahliliga bag’ishlandi.Maqolada tilshunoslik asosida ushbu terminlarning leksik ma’nolari va kontekstual qo’llanilishlari tahlil qilindi .Urushdan keyingi sovet davri siyosiy muhitida shakllangan terminlarning asardagi badiiy vazifasi ,ularning metaforik va ramziy ma’nolari ,shuningdek,qaysi tillardan (masalan,arab tilidan)kirib kelgani va hozirgi kunda qanday atalishi (o’zbek tilidagi zamonaviy ekvivalenti )ko’rib chiqiladi.Tahlil natijasida ,Said Ahmadning til uslubi orqali jamiyatdagi asosiy bosim va insoniy qadriyatlarning buzilishini qanday ochib bergani misollar bilan asoslandi.Maqola tilshunoslik va adabiyotshunoslikning kesishmasida joylashgan bo’lib ,o’zbek nasrida siyosiy terminologiyaning badiiy transformatsiyasini o’rganishga qaratilgan.Tadqiqot natijalari davr adabiyotida tilning siyosiy rolini tushunishga yordam beradi.