ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR”ASARIDAGI HIKOYALAR TAHLILI
Keywords:
Alisher Navoiy, Hayrat ul-abror, didaktik doston, tasavvuf, komil inson, iymon, axloqiy fazilatlar, ilohiy muhabbat, zohir va botin, Ibrohim Adham, Robiya Basriy, riyozat, ixlos, pandnoma, ma’naviy kamolot, tarbiya.Abstract
“Hayrat ul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayrati”) Navoiyning “Xamsa”sining birinchi dostoni boʻlib, 40 bobdan tashkil topgan. Har bir bobda muayyan axloqiy-ijtimoiy muammo qoʻyiladi va uni yorituvchi hikoya, rivoyat yoki masal keltiriladi. Asar mohiyatan yoshlarga yoʻlnoma boʻlib, hayot yoʻlida adashmaslik, turli muammolarni toʻgʻri hal qilish, ezgulik va haqiqatni anglash uchun zarur boʻlgan ma’naviy kompas vazifasini oʻtaydi.Mazkur maqolada “Hayrat ul-abror” asaridagi tanlangan hikoyalar badiiy, didaktik va gʻoyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilinadi. Tahlil davomida hikoyalarning tarkibiy tuzilishi, ularda qoʻllangan badiiy vositalar, shuningdek, ularning tarbiyaviy va ijtimoiy-falsafiy ahamiyati ochib beriladi. Maqolaning asosiy maqsadi – Navoiy hikoyanavislik mahoratini va uning asarining bugungi yoshlar tarbiyasidagi dolzarbligini koʻrsatishdan iborat.