HARBIY TERMINLARNING SINTAKTIK-NOMINATSION TASNIFI: NAZARIY VA AMALIY TAHLIL
Keywords:
harbiy terminologiya, sintaktik nominatsiya, termin, sintaktik birlik, semantik kengayish, metafora, diskurs, matbuot tili, terminologik tizim, lingvistik tahlilAbstract
Mazkur maqolada harbiy terminlarning sintaktik-nominatsion xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda terminologiyaning nazariy asoslari, sintaktik birliklarning nominativ funksiyasi hamda harbiy soha terminlarining strukturaviy modellari yoritilgan. Xususan, sifat + ot, ot + ot, ko‘p komponentli va fe’l asosli termin birikmalarining lingvistik xususiyatlari aniqlanadi. Shuningdek, “zarba”, “himoya”, “qamrov” kabi terminlar misolida semantik kengayish va metaforik ko‘chish jarayonlari tahlil qilinadi. O‘zbek matbuoti materiallari asosida harbiy terminlarning diskursiv qo‘llanishi o‘rganiladi. Tadqiqot natijalari sintaktik-nominatsion yondashuv terminologik tizimni tasniflash, tarjima jarayonini takomillashtirish va lug‘at yaratishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.