TIMSS XALQARO TADQIQOTI: MAZMUNI, TUZILISHI VA BAHOLASH MEZONLARI
Keywords:
TIMSS, xalqaro baholash, matematika savodxonligi, tabiiy fanlar savodxonligi, kognitiv sohalar, mazmuniy sohalar, baholash metodologiyasi, topshiriqlar klassifikatsiyasi, ko‘p bosqichli baholash tizimi, ta’lim monitoringiAbstract
Ushbu maqolada dunyo miqyosidagi eng nufuzli ta’lim monitoringi dasturlaridan biri hisoblangan TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) tadqiqotining konseptual asoslari tadqiq etiladi. Maqola doirasida tadqiqotning 4 va 8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida matematika va tabiiy fanlarni o‘zlashtirish darajasini aniqlashdagi metodologik yondashuvlari, topshiriqlar klassifikatsiyasi va baholashning ko‘p bosqichli tizimi tahlil qilinadi. Shuningdek, tadqiqot tuzilmasidagi kognitiv va mazmuniy sohalarning o‘zaro mutanosibligi hamda olingan natijalarning milliy o‘quv dasturlarini isloh qilishdagi strategik ahamiyati yoritib berilgan.
Downloads
Published
2026-04-21
Issue
Section
Articles