JASET

6-SINF OʻQUVCHILARINING YOSH VA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI: TAʼLIM JARAYONIGA TAʼSIRI VA AMALIY YONDASHUVLAR

Authors

  • Fozilova Diyora Shuhrat qizi

    Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti Filologiya fakulteti O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi
    Author
  • Tuxtayeva Mehriyo Shavkatovna

    Ilmiy rahbar: Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi o‘qituvchisi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
    Author

Keywords:

6-sinf, ilk oʻsmirlik, yosh xususiyatlari, kognitiv rivojlanish, Piaget, Vygotskiy, Erikson, abstrakt fikrlash, metakognitsiya, tengdoshlar taʼsiri, differensiatsiya.

Abstract

Maqolada 6-sinf oʻquvchilari, yaʼni 11–12 yoshlilarning yosh va pedagogik-psixologik xususiyatlari rivojlanish psixologiyasi hamda pedagogika nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Ilk oʻsmirlik davrining biologik, kognitiv va his-tuygʻu jihatlariga toʻxtalib, Piaget, Vygotskiy va Erikson gʻoyalari bilan ularning oʻqitishga aloqasi oʻrganiladi. Abstrakt fikrlash, mustaqillikka intilish, tengdoshlar taʼsiri, diqqat xususiyatlari, ijodiy faollik, oʻz-oʻzini anglash va tanqidiy fikrlash kabi yetti asosiy xususiyat har birining taʼlim jarayoniga taʼsiri va oʻqituvchi uchun amaliy xulosalar bilan birga yoritiladi.

Downloads

Published

2026-04-21