JASET

LAQAB VA TAXALLUSLARNING USLUBIY-SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Muhiddinova Xosiyat Bahriddin qizi,

    Buxoro davlat universiteti filologiya fakulteti Lingvistika (o’zbek tili) yo’nalishi 1-bosqich magistranti
    Author

Keywords:

laqab, taxallus, uslubiy-semantik xususiyatlar, O‘tkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi”, “Qora amma”, semantik ko‘p qatlamlilik, milliy kolorit, obraz yaratish, urush mavzusi

Abstract

Mazkur tezisda O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” romanida laqab va taxalluslarning uslubiy-semantik xususiyatlari masalasi ko’rib chiqiladi. Asarda, xususan “Qora amma” laqabi misolida, laqablarning ko‘p qatlamli semantik yuklamasi (tashqi ko‘rinish, ichki ruhiyat, urush fojeasi ramzi), uslubiy funksiyalari (xalqona nutq, stilistik kontrast, obraz yaratish) va milliy-madaniy jihatlari ochib beriladi. Tadqiqot laqab va taxalluslar orqali yozuvchining til mahoratini, qahramonlarni individuallashtirish va urush mavzusini bir tartibda ifodalash vositalarini ko‘rsatadi. Natijada, laqablar oddiy nomlash vositasi bo‘lib qolmay, balki asarning badiiy chuqurligi va realistik kuchini oshiruvchi muhim badiiy qurol ekanligi dalillanadi.

Downloads

Published

2026-04-19