JASET

ALPOMISH VA ODISSEY DOSTONLARINING QIYOSIY-TIPOLOGIK TAHLILI

Authors

  • Fozilova Mohinur

    Farg‘ona davlat universiteti Filalogiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) 25.184-guruh talabasi @mohinurxonfozilova@gmail.com
    Author
  • Ilhomjon Axmadjonov

    Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori(PHD)
    Author

Keywords:

Alpomish dostoni,Odisseya,qiyosiy tahlil,tipologik yondashuv,epik doston,qahramonlik,xalq og‘zaki ijodi,syujet,obrazlar tizimi,umuminsoniy qadriyatlar.

Abstract

Mazkur ishda o‘zbek xalqining mashhur qahramonlik dostoni Alpomish va qadimgi yunon adabiyotining yirik namunasi Odisseya o‘rtasida qiyosiy-tipologik tahlil amalga oshiriladi. Tadqiqot davomida har ikki dostonning syujet tuzilishi, qahramonlar tizimi, epik an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ifodalash xususiyatlari o‘rganiladi.

Shuningdek, Alpomish va Odissey obrazlarining qahramonlik, vatanparvarlik, sadoqat, donolik kabi fazilatlari qiyoslanadi. Tahlilda har ikkala asarda aks etgan ijtimoiy muhit, tarixiy-madaniy kontekst va xalq og‘zaki ijodi an’analari ham inobatga olinadi. 

Downloads

Published

2026-04-19