RAQAMLI PLATFORMALAR VA ILOVALARNING TA’LIM SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI
Keywords:
Raqamli texnologiyalar, elektron ta’lim platformalari, ta’lim sifati, raqamli infratuzilma, masofaviy ta’lim, Google Classroom, Moodle, Khan Academy, raqamli savodxonlik, ta’limda innovatsiyalar.Abstract
Ushbu maqolada XXI asrda raqamli texnologiyalarning ta’lim tizimidagi o‘rni, xususan, O‘zbekistonda elektron ta’lim platformalarini joriy etish jarayonlari va ularning samaradorligi tahlil qilingan. Maqolada mamlakat ta’lim tizimida raqamli infratuzilmaning rivojlanish holati, hududlar o‘rtasidagi tafovutlar, elektron ta’lim platformalarining afzalliklari hamda ulardan samarali foydalanish yo‘llari batafsil yoritilgan. Shuningdek, Google Classroom, Khan Academy, Moodle, Duolingo va Ibrat Academy kabi zamonaviy ta’lim platformalarining ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Elektron ta’lim platformalarining xavfsizligi, o‘qituvchilarning raqamli savodxonligini oshirish, texnik infratuzilmani rivojlantirish va ta’limda teng imkoniyatlarni ta’minlash kabi dolzarb masalalar ham muhokama qilingan.