JASET

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Nizomova Vasila Raxmiddin qizi

    Xalqaro Innovatsion Universiteti 4- kurs talabasi
    Author

Keywords:

boshlang‘ich ta’lim, kognitiv rivojlanish, ongli o‘qish, o‘qish faoliyati, o‘qish savodxonligi, pedagogik-psixologik asoslar, PIRLS.

Abstract

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish faoliyatini rivojlantirishning ilmiy va nazariy asoslarini tahlil qilishga qaratilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida, xususan, PIRLS xalqaro baholash dasturlari talablari doirasida o‘quvchilarning ongli o‘qish va matnni tushunish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot jarayonida psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili, tizimli yondashuv va qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Maqolada o‘qish malakasini shakllantirishning psixofiziologik va kognitiv bosqichlari ochib berilgan hamda o‘qish texnikasidan ongli o‘qishga o‘tish jarayonidagi asosiy qonuniyatlar belgilangan. Natijalarga ko‘ra, boshlang‘ich sinflarda o‘qish faoliyatini samarali tashkil etish uchun an’anaviy yondashuvlarni zamonaviy interfaol metodlar bilan uyg‘unlashtirish zarur ligi asoslangan va amaliyotchi pedagoglar uchun tegishli metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Downloads

Published

2026-04-14