JASET

O‘ZBEK TILINING BAZIS SO‘ZLARIGA ASOSLANGAN KONTEKST- ERKLI GRAMMATIKA ISHLAB CHIQISH VA UNING SINTEZI

Authors

  • Boborahmatova Mohira Azimboy qizi

    Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani 60-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o’qituvchisi
    Author

Keywords:

kontekst-erkli grammatika, o‘zbek tili, sintaksis, morfologiya, bazis so‘zlar, tabiiy tilni qayta ishlash, mashina tarjimasi.

Abstract

Mazkur maqolada kontekst-erkli grammatika tushunchasining nazariy asoslari, uning tabiiy tilni qayta ishlashdagi ahamiyati va o‘zbek tiliga moslashuv imkoniyatlari tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘zbek tilining morfologik xususiyatlari, sintaktik qurilishi va bazis (asosiy) so‘zlar tarkibini aniqlash mezonlari asosida kontekst-erkli model uchun zarur bo‘lgan grammatik tuzilmalarni shakllantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mavjud grammatik yondashuvlar bilan solishtirma tahlil o‘tkazilib, ushbu yondashuvning afzalliklari va qo‘llanish muammolari haqida xulosa qilinadi. Ushbu tahliliy yondashuv o‘zbek tilini avtomatik qayta ishlash, xususan, mashina tarjimasi, avtomatik tahlil va sintez jarayonlarida yangi ilmiy asos bo‘lishi mumkin.

Downloads

Published

2026-04-14