JASET

SHAXSIYATNI O'LCHASH MODELLARI: MBTI VA BIG FIVE YONDASHUVLARINING METODOLOGIK HAMDA EMPIRIK ASOSLARI

Authors

  • Jamolov Zafarbek Azamat o'g'li

    Kasbi tuman Ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o'quvchisi
    Author

Keywords:

shaxsiyat, MBTI, Big Five, metodologiya, empirik tahlil, psixologiya, tipologik model, faktorli tahlil, validlik, ishonchlilik.

Abstract

Ushbu maqolada men zamonaviy shaxsiyat psixologiyasining ikki katta yo'nalishi — Myers-Briggs Tip Indikatori (MBTI) va Katta Beshlik (Big Five / OCEAN) modellarini taqqoslab o'rganishga harakat qildim. Bu mavzuni tanlashimga asosiy sabab: maktabdagi sinfdoshlarim orasida MBTI testini topshirish juda ommalashib ketgan, lekin hech kim bu testning ilmiy jihatdan qanchalik ishonchli ekanligi haqida o'ylab ko'rmaydi. Shu muammodan kelib chiqib, ikkala modelning kelib chiqish tarixi, ilmiy asoslari, amaliy qo'llanilishi va kamchiliklarini o'rganib, qaysi yondashuv o'smir yoshdagi o'quvchilar uchun samaraliroq ekanligini aniqlashga urindim.

Downloads

Published

2026-04-14