JASET

NEMIS VA O‘ZBEK TILLARI TURG‘UN BIRIKMALARIDA “ER-XOTIN” KONSEPTI ORQALI IFODALANGAN GENDER STEREOTIPLARI

Authors

  • Yusufjonova Shaxloxon Muxtorovna

    PhD,dotsent, FarDU. e-mail: usufzonovasahlo@gmail.com +998884133377 orcid.org/0000-0002-7124-4120
    Author
  • Feruzakhon Mamatova Nusratilla kizi

    Lingvistika: nemis tili mutaxassisligi 1-kurs magistranti FarDU. e-mail: madiyeva.feruza@mail.ru +998905844947
    Author

Keywords:

gender stereotiplari, er-xotin konsepti, frazeologiya, turg‘un birikmalar, lingvokulturologiya, qiyosiy tahlil, semantika, nemis tili, o‘zbek tili.

Abstract

Mazkur tadqiqot nemis va o‘zbek tillaridagi turg‘un birikmalarda “er-xotin” konsepti orqali ifodalanadigan gender stereotiplarini lingvokulturologik va semantik jihatdan tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda frazeologik birliklar orqali jamiyatda shakllangan erkak va ayol rollari, ularning o‘zaro munosabatlari hamda qadriyatlar tizimidagi o‘rni yoritiladi. Tadqiqot davomida ikki til materiallari qiyosiy tahlil qilinib, umumiy va farqli jihatlar aniqlanadi. Shuningdek, stereotiplarning milliy-madaniy xususiyatlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi. Natijalar til va tafakkur o‘rtasidagi munosabatni chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-04-13