“AT-TUHFATUZ-ZAKIYATI FIL-LUGʻATIT-TURKIYA” ASARIDA SO’Z TURKUMLARI IFODALANISHI
Keywords:
“At-tuhfatuz-zakiyati fil-lugʻatit-turkiya”, ism kategoriyasi, ma’rufa va nakira, sifatdosh (ismu fā’il, ismu maf’ūl), zarfAbstract
Mazkur matnda XIV asrga oid noyob filologik manba — “At-tuhfatuz-zakiyati fil-lugʻatit-turkiya” asarining grammatik xususiyatlari tahlil qilingan. Maqolada muallifning arab tili grammatik kategoriyalarini turkiy til muqobillari orqali tushuntirishda qo‘llagan didaktik va qiyosiy-metodik yondashuvlari yoritilgan. Xususan, ism (ot), fe’l, sifat, zarf va son kategoriyalarining har ikki tildagi o‘ziga xosliklari misollar yordamida qiyoslanadi. Arab tilidagi aniqlik-noaniqlik (ma’rufa-nakira), jins (muzakkar-muannas), sonning ikkilik (tasniya) shakli kabi murakkab tushunchalarning turkiy tildagi ifodalanish usullari ilmiy nuqtayi nazardan ochib berilgan. Ushbu manba nafaqat lug‘at, balki turkiy va arab tillarining morfo-sintaktik tizimini qiyosiy o‘rganishda muhim grammatik-ensiklopedik qo‘llanma sifatida baholangan.