JASET

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Authors

  • Husenov Sharofiddin Samoyiddinovich

    Buxoro shahar hokimining o‘rinbosari, investisiya, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i
    Author

Keywords:

tadbirkorlik subyektlari, eksport salohiyati, eksportni rivojlantirish, eksport diversifikatsiyasi, qo‘shimcha qiymat, logistika infratuzilmasi, eksportni moliyalashtirish, inson kapitali, raqobatbardoshlik.

Abstract

Ushbu tezisda Buxoro viloyati misolida tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida hududda eksport faoliyatining rivojlanish darajasi, unga ta’sir etuvchi asosiy omillar hamda mavjud muammolar kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Tahlillar natijasida hududda eksport salohiyati mavjud bo‘lishiga qaramay, undan foydalanish samaradorligi yetarli darajada emasligi aniqlangan. Shu bilan birga, eksport tarkibida diversifikatsiya jarayonlari boshlanganligi va ayrim ijobiy siljishlar kuzatilayotgani qayd etilgan.

Tadqiqot natijalari asosida eksport salohiyatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ulushini kengaytirish, logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash zarurligi asoslab berilgan.

Downloads

Published

2026-04-07