JASET

OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMINI INNOVATSION VA INKLYUZIV RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YOʻNALISHLARI

Authors

  • Abdullayeva Nafisa Shavkatovna

    Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
    Author

Keywords:

maktabgacha taʼlim, innovatsion yondashuv, inklyuziv taʼlim, Reggio Emilia, xalqaro hamkorlik, taʼlim sifati, pedagog kompetensiya, oʻyinga asoslangan taʼlim, yangi avlod bogʻchalari, dual taʼlim

Abstract

Mazkur maqolada Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirishning zamonaviy tendensiyalari, xususan, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, inklyuziv taʼlim muhitini shakllantirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, Reggio Emilia taʼlim modeli asosida tashkil etilayotgan ilmiy-amaliy markaz faoliyati hamda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarni taʼlim jarayoniga jalb etishga qaratilgan xalqaro loyihalarning ahamiyati ochib berilgan. Muallif tomonidan maktabgacha taʼlimda yangi avlod muassasalarini tashkil etish va pedagog kadrlar salohiyatini oshirish orqali taʼlim sifatini yaxshilash imkoniyatlari yoritilgan.

Downloads

Published

2026-04-01