ZAMONAVIY RIVOJLANISH SHAROITIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIK QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY MASALALARI
Keywords:
fuqarolik qonunchiligi, Fuqarolik kodeksi, huquqiy islohotlar, xususiy mulk, bozor iqtisodiyoti, elektron tijorat, intellektual mulk, xalqaro xususiy huquq, investitsiya muhiti.Abstract
mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining rivojlanishining hozirgi bosqichida fuqarolik qonunchiligini yangilash zarurati va uning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Xususan, amaldagi Fuqarolik kodeksining tarixiy ahamiyati, iqtisodiy islohotlar sharoitida uning ayrim normalarini modernizatsiya qilish zarurati yoritilgan. Shuningdek, fuqarolik qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha 2019-yil 5-apreldagi Prezident farmoyishining mazmuni hamda unda belgilangan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqiladi. Maqolada ashyoviy huquq, majburiyat huquqi, intellektual mulk, vorislik huquqi va xalqaro xususiy huquq sohalarini rivojlantirish istiqbollari tahlil qilinadi. Fuqarolik qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda zamonaviy iqtisodiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.