JASET

“O‘SMIR SPORTCHILARDA KOGNITIV VA SOMATIK XAVOTIRNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI”

Authors

  • Sa’dullayev Aziz Akmal o‘g‘li

    Iqtisodiyot va pedagogika unversiteti NTM o‘qituvchisi E-mail: azizbek210895@gmail.com
    Author

Keywords:

O‘smir sportchilar, musobaqa oldi xavotirlanish, kognitiv xavotir, somatik xavotir, sport psixologiyasi, emotsional holat, psixologik tayyorgarlik, o‘zini o‘zi regulyatsiya qilish.

Abstract

Ushbu tadqiqot o‘smir sportchilarda musobaqa oldi davrida yuzaga keladigan kognitiv va somatik xavotirning psixologik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot jarayonida sport faoliyatiga xos bo‘lgan emotsional holatlar, xususan, fikriy zo‘riqish bilan bog‘liq kognitiv xavotir hamda organizmning fiziologik reaksiyalari bilan namoyon bo‘luvchi somatik xavotirning namoyon bo‘lish mexanizmlari tahlil qilinadi. Empirik tadqiqot doirasida psixodiagnostik metodlar orqali o‘smir sportchilarda xavotir darajasi aniqlanib, uning sport natijalari bilan o‘zaro bog‘liqligi statistik jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, tadqiqot natijalari asosida o‘smir sportchilarda musobaqa oldi xavotirlanish hissini kamaytirishga qaratilgan psixologik tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot xulosalari sport psixologiyasi sohasida nazariy bilimlarni boyitish hamda sport amaliyotida psixologik tayyorgarlik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Downloads

Published

2026-03-25