BOSHLANG'ICH SINF O‘QITUVCHISI KREATIV SALOHIYATINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Keywords:
kreativlik, pedagogik kreativlik, boshlang‘ich ta’lim, o‘qituvchi shaxsi, ijodiy tafakkur, tanqidiy fikrlash, pedagogik faoliyat, ta’lim texnologiyalari, intellektual sifatlar, kasbiy rivojlanish.Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kreativ salohiyati va uning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida kasbiy-pedagogik kreativlikni rivojlantirishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada kreativlikni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, ta’lim texnologiyalari hamda ijodiy faoliyatni rivojlantirish metodlari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, o‘qituvchining intellektual sifatlari — dunyoqarash, bilimdonlik, ijodiy tafakkur va tanqidiy fikrlashning pedagogik faoliyatdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ yondashuvni rivojlantirish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi asoslab beriladi.